Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbektelekom» 10 daqiqa sovg‘a qiladi

«O‘zbektelekom» 10 daqiqa sovg‘a qiladi

Foto: «O‘zbektelekom»

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «O‘zbektelekom» AK va «Rostelekom» maxsus aksiyani e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu aksiya doirasida 2018-yilning 1-oktyabr kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida «O‘zbektelekom» AK tarmoqlarida qayd qilingan shahar telefonlaridan Rossiya Federatsiyasi shahar telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib, kun davomida 10 daqiqa ustoz va murabbiylaringiz bilan bepul suhbatlashishingiz mumkin. 11-daqiqadan boshlab qo‘ng‘iroqlar №125-1/1 narxnomasiga muvofiq tariflanadi.

Aksiya faqat «O‘zbektelekom» AK tarmoqlarida qayd qilingan shahar telefonlari qo‘ng‘iroqlaridan quyidagi telefon prefikslari ro‘yxatiga muvofiq Rossiya shahar telefonlari uchun amal qiladi: 7495, 7499, 7496, 7498, 7812, 7301, 7302, 7341, 7342, 7343, 7345, 7346, 7347, 7349, 7351, 7352, 7353, 7381, 7382, 7383, 7384, 7385, 7388, 7390, 7391, 7394, 7395, 7401, 7411, 7413, 7415, 7416, 7421, 7423, 7424, 7426, 7427, 7471, 7472, 7473, 7474, 7475, 7481, 7482, 7483, 7484, 7485, 7486, 7487, 7491, 7492, 7493, 7494, 7811, 7813, 7814, 7815, 7816, 7817, 7818, 7820, 7821, 7831, 7833, 7834, 7835, 7836, 7841, 7842, 7843, 7844, 7845, 7846, 7847, 7848, 7851, 7855, 7861, 7862, 7863, 7865, 7866, 7867, 7871, 78 72, 7873, 7877, 7878, 7879.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring