Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» AK bosh direktori o‘zgardi

«O‘zbektelekom» AK bosh direktori o‘zgardi

Nazirjon Hasanov «O‘zbektelekom» AK bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Nazirjon Hasanov Nabijanovich shu kunga qadar «O‘zbektelekom» AKning Davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bu kompaniya rahbariyatining yil hisobidan uchinchi bor o‘zgarishi. Bunga qadar 2018-yilning fevrali va avgustida kompaniyaga yangi bosh direktor tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 8-avgust kuni «O‘zbektelekom» AK rahbariyatida qator lavozimga tayinlashlar amalga oshirilgan va kompaniya rahbari etib Shuhrat Qodirov tayinlangandi.

2018-yilning fevral oyidan avgustiga qadar bosh direktor lavozimida ishlagan Farhod Roziyev esa kompaniyaning tijorat direktori vazifasiga o‘tkazilgandi.

Nazirjon Hasanov 1970-yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

Ma’lumoti oliy: 2002-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining Telekommunikatsiyalar fakultetini bitirgan (sirtqi). 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy Biznes Maktabini tamomlagan (sirtqi).

  • Mehnat faoliyatini 1991-yilda «Andijon Telekom» filialida elektromexanik lavozimidan boshlagan.
  • 1991-2005-yillarda «Andijon Telekom» filialida muhandis bo‘lib ishlagan.
  • 2005-yildan 2008-yilgacha «O‘zbektelekom» AK direktori birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
  • 2008-yildan 2014-yilgacha «O‘zbektelekom» AK bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
  • 2015-yildan 2017-yilgacha «O‘zbektelekom» AK texnik direktori lavozimida ishlagan.
  • 2017-yilda «O‘zbektelekom» AK «Bosh kommutatsiya markazi» filiali direktori lavozimida ishlagan.
  • 2018-yil may oyidan boshlab — «O‘zbektelekom» AK Davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring