Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbektelekom» AK «Lokomotiv» klubi bilan hamkorlik qiladi

«O‘zbektelekom» AK «Lokomotiv» klubi bilan hamkorlik qiladi

Foto: «Lokomotiv.uz»

«O‘zbektelekom» AK «UZMOBILE» filiali hamda «Lokomotiv» professional futbol klubi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Hamkorlikdan maqsad — mamlakatimizda, jumladan, olis hududlarda sportni rivojlantirishga hissa qo‘shishdir.

Tomonlar o‘z faoliyat yo‘nalishlarini ilgari surish, shuningdek, hamkorlikda  aksiyalar va futbol hamda mobil aloqani ommalashtirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida o‘zaro kelishib oldilar. Milliy mobil aloqa operatori «Lokomotiv» PFK jamoasiga chempionatlar o‘tkazish davrida ishonchli va zamonaviy mobil aloqani ta’minlash bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, maxsus aksiyalar o‘tkazilishi davrida «UZMOBILE» operatorining abonentlari klub ishtirokidagi uchrashuvlarga bepul chipta olishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring