Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat bo‘yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqishga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat bo‘yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqishga topshiriq berdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 16-yanvar kuni «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.

Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berish maqsadida 2018-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilindi.

Ushbu band talablari buzilgan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.

Shuningdek, 2018-yilga oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchilarni izlab topish va jalb qilish, ular uchun bozorga kirishda teng sharoitlar yaratish, ularga shartnomalar tuzish, kiritilgan mahsulotlarni tashish va saqlashda ko‘maklashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, aholining sifatli, arzon oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talabini to‘liq qanoatlantirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqiladi.

Respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida ixtisoslashtirilgan omborxona imoratlari, omborlar, muzlatish kameralari, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik, energiya samarador uskunalar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, uch oy muddatda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish tartibini chayqovchilik va boshqa suiiste’molchilik hollariga imkon bermaydigan choralarni nazarda tutgan holda belgilash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi tayyorlanadi.

Bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, agrar kompleksni rivojlantirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat bozori barqarorligiga tahdidlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, oziq-ovqat tovarlari importini qulay bojxona-tarif tartibga solish bo‘yicha choralarni belgilovchi «Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralarning axborot ma’lumotlar bazalaridan masofadan turib foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishda sun’iy to‘siqlar yaratish, sansalorlik va suiiste’molchilik holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun shaxsiy javobgarligi haqida qat’iy ogohlantiriladi.

Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring