Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zmilliybank bosh ofisida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zmilliybank bosh ofisida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 7 dekabr sanasida O‘zmilliybank Bosh ofisi binosida Bank Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishi tashkil etildi. Mazkur yig‘ilishda Bankning barcha tarkibiy tuzilmalar rahbarlari, jumladan departamentlar direktorlari, bo‘lim va filiallari boshqaruvchilari ishtirok etishdi. Bu haqda bank matbuot xizmati tomonidan xabar berib o‘tildi.

Yig‘ilish kun tartibida bugungi kundagi dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilindi, xususan yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunlari va «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi va «Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi»gi qonunlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroridan kelib chiqib bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar ijro uchun qabul qilindi.

Yig‘ilish davomida bankni rivojlantirish va transformatsiya qilish Strategiyasiga muvofiq xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirish, halqaro standartlarni joriy qilish, mavjud bank texnologiyasini zamonaviy dasturiy ta’minotlar asosida ishlovchi texnik uskunalar bilan ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish, xorijiy tajriba almashish va qayta o‘qitish tadbirlarini olib borish masalalari ham muhokama qilib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlari loyihalarini moliyalashtirish, ularni ishga tushirish ishlarining olib borilishi ham kun tartibida ko‘rib chiqilib tegishli mas’ul xodimlarga vazifalar belgilab berildi.

Shu bilan birga, majlis davomida Bank tomonidan moliyaviy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, belgilangan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi holati hamda bo‘lim va filiallarda sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakuni bilan muhokamam qilingan masalalar yuzasidan bir qator viloyat bo‘limlari va tuman filiallari rahbarlarining hisobotlari tinglandi hamda barcha tarkibiy tuzilmalar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring