Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozodlikka chiqqan Sharq ayollari. Saudiyada ayollar uchun avtosalon ochildi (video)

Ozodlikka chiqqan Sharq ayollari. Saudiyada ayollar uchun avtosalon ochildi (video)

Kadr: «Youtube»

Ayollar uchun birinchi avtomobillar ko‘rgazmasi Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi salonda ochildi. Bu haqda «TASS» agentligi xabar berdi.

Avtosalonga faqat ayollargina mijozlik qilishlari mumkin. «Savdo markazida ham faqat ayollar faoliyat yuritadi. Barcha kassirlar — ayol kishi», deydi ko‘rgazma tashkilotchisi Sharif Muhammad.

2017-yilning sentyabrida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz as-Saud ayollarga haydovchilik guvohnomalarini olishlari bo‘yicha qaror chiqargan edi. Unga qadar esa Saudiya Arabistoni ayollarga avtoulov boshqarish mumkin bo‘lmagan yagona mamlakat bo‘lib kelayotgandi. Haydovchilik guvohnomasini berish bo‘yicha qonun joriy yilning 23-iyunidan boshlab kuchga kiradi.

Shuningdek, 2018-yilning mart oyidan boshlab Saudiya Arabistonida ayollar uchun avtomaktab ham ochilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring