Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zPFL: «Muxlislar klubi yetakchisi har bir o‘yinning zavqli, chiroyli va bayramona o‘tishida faol bo‘lishi lozim»

O‘zPFL: «Muxlislar klubi yetakchisi har bir o‘yinning zavqli, chiroyli va bayramona o‘tishida faol bo‘lishi lozim»

Foto: O‘zPFL rasmiy sayti

«Ko‘plab yangiliklar joriy qilingan yangi tahrirdagi musobaqa Reglamentida O‘zPFL qoshida sport tadbirlarini tashkillashtirish va muxlislar bilan ishlash bo‘limi ham tashkil etilganligi ayni muddao bo‘ldi», — deb yozmoqda O‘zbekiston professional futbol ligasi rasmiy sayti.

Bundan ko‘zlangan maqsad — yangi mavsumning har bir tur o‘yinlarini bayramona o‘tkazish, muxlislarning stadionlarga tashrifini oshirishdan iborat.

Yangicha ko‘rinishda ish boshlaydigan muxlislar klubi yetakchisining vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?

«Yuksak madaniyatli, bilim va zakovatda namuna bo‘la oluvchi, rasmiy shtat asosida ish boshlovchi muxlislar klubi yetakchisi O‘zPFL mazkur bo‘limining nizom va yo‘riqnomalari asosida ish yuritar ekan, O‘zPFLning kelgusida amalga oshiradigan loyihalarini amalga oshirishga, Superliga va Pro-liga uchrashuvlarini yuqori saviyada o‘tkazishga o‘z hissasini qo‘shadi, — deyiladi klub rasmiy saytida. — Klub sardoridan eng avvalo atrofiga muxlislik madaniyati doirasida ishqibozlik qiluvchi faol yoshlarni yig‘ish, uchrashuvlar paytida o‘z jamoasi sharafini mazmunli va yoqimli chaqiriqlar bilan qo‘llab-quvvatlash bilan birga raqib jamoa va uning muxlislari hurmatini saqlash, uy va safar uchrashuvlari chog‘ida raqib jamoa muxlislari bilan doimiy do‘stona aloqalar o‘rnatish talab etiladi. Shuningdek, sardor yoshidan qat’iy nazar futbolni chin dildan sevuvchi, jamoasini nafaqat g‘alabali onlarda, balki mag‘lubiyatga uchraganda ham olqishlay oladigan, muxlislik doirasida klubning ko‘plab loyihalarida ishtirok eta oluvchi ishqibozlarni muxlislar klubiga a’zolikka qabul qilish, ularning rag‘batlatirilishini tashkil etish, hatto klubga a’zo muxlislarning kiyimi borasidagi tashqi ko‘rinishiga ham alohida e’tibor berishi zarur».  

Bir so‘z bilan aytganda, jamoalarning muxlislar klubi yetakchisi har bir o‘yinning zavqli, chiroyli va albatta, bayramona o‘tishida faol bo‘lishi talab etiladi.

O‘zPFL muxlislar klubi a’zolarining ko‘rinishi aynan qanday tartibda bo‘lishi «maqsadga muvofiq» ekanini ham qo‘shimcha qilgan:

«Paxtakor» fan-klubi
Foto: O‘zPFL rasmiy sayti
«Lokomotiv» fan-klubi
Foto: O‘zPFL rasmiy sayti

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring