Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zsanoatqurilishbank»ning Mirzo Ulug‘bek filialida muzey ekspozitsiyasi ochildi

«O‘zsanoatqurilishbank»ning Mirzo Ulug‘bek filialida muzey ekspozitsiyasi ochildi

Foto: «O‘zsanoatqurilishbank» matbuot xizmati

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Toshkent shahrida 1895-yilda qurilgan tarixiy binoda muzey ekspozitsiyasi ochildi. Hozirgi kunda ushbu binoda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning Mirzo Ulug‘bek filiali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ekspozitsiyaning ochilish marosimida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB rahbariyati, bank hamkorlari, ommaviy axborot vositalari va bloggerlar ishtirok etdilar. Tadbir mehmonlari o‘lkashunos-tarixchi Boris Golender hamrohligida binoning noyob arxitekturasi va ichki ko‘rinishi bilan tanishdilar.

Foto: «O‘zsanoatqurilishbank» matbuot xizmati

«Bank binosi tarixi — rus arxitekturasining yorqin namunasi bo‘lib, bank ishi tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. 123 yil mobaynida bu yerda bank-moliyaviy muassasalari: avval Rossiya davlat bankining mintaqaviy bo‘limi, 1922-yildan boshlab esa «Sanoatbank»ning O‘rta Osiyo bo‘limi joylashgan edi, keyinchalik esa u «O‘zsanoatqurilishbank»ka aylandi. O‘tgan vaqt davomida bankda xizmat qilgan har bir xodim binoning ichki va tashqi ko‘rinishini asl holatda saqlab qolishga harakat qilgan. Bugungi kunda bu to‘liq faoliyat ko‘rsatuvchi bank bo‘limi bo‘lib, uning eshiklari nafaqat mijozlar uchun, balki tarix va arxitekturani sevib, qadrlaydiganlar uchun ham ochiqdir.

— «O‘zsanoatqurilish» banki uchun poytaxtimizning tarixiy qiyofasini saqlab qolish bilan birga, uning arxitektura merosi bilan tanishish istagini bildirganlar uchun shunday imkoniyat yaratib berish juda ham muhimdir» — deydi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning strategiya va marketing boshqarmasi rahbari Otabek Abdurahimov.

Foto: «O‘zsanoatqurilishbank» matbuot xizmati

XIX asr oxirida me’mor V.Geynzelman loyihasi bilan qurilgan ikki qavatli bino Amir Temur hiyoboni ansamblining bir qismi hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, bank binosi bizning kunlarimizga deyarli o‘zgarmagan holda yetib kelgan. Bankning tashqi ko‘rinishi o‘sha davr binolariga xos neoklassitsizm uslubida qurilgan. Bankning ichki ko‘rinishi — Rossiya Davlat banki davridan buyon saqlanib qolgan qismlar to‘plamidan iborat bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib qayta tiklangan. Saqlanib qolgan polning qismini takrorlovchi plita naqshlari, gipsli shiftning plintusi qayta tiklandi. O‘zsanoatqurilish bankiga tashrif buyurgan mehmonlar XIX asrning asl me’moriy elementlarini: devoriy pech o‘txonasi eshiklari, Frans San-Galli cho‘yan quyish va mexanika zavodining katta eshiklari, pul va boshqa mollarni ko‘tarish mexanizmi shular qatoridan o‘rin olgan.

Foto: «O‘zsanoatqurilishbank» matbuot xizmati

Amaliyot xonasida mehmonlar tarixiy oq-qora rangdagi fotosuratlar: Toshkent davlat bankining binosi, Qo‘qondagi Moskva hisob palatasi, Samarqanddagi g‘azna, Nikolayev, Romanovskiy ko‘chalari, Kaufman katta ko‘chasi va boshqalar bilan tanishish mumkin. Muzey ekspozitsiyasida bir qator tarixiy eksponatlar mavjud: telefon, yozuv mashinkalari, davlat kredit kartalari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring