Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Panasonic» 17 soatgacha avtonom holatda ishlay oladigan noutbukni yaratdi. Uning narxi 3100 dollar

«Panasonic» 17 soatgacha avtonom holatda ishlay oladigan noutbukni yaratdi. Uning narxi 3100 dollar

«Toughbook» noutbuki.

Foto: «ITC.ua»

Yaponiyaning «Panasonic» korporatsiyasi «maydonlar»da ishlaydigan professionallar uchun o‘ta mustahkam «Toughbook»  noutbukini taqdim etdi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Mazkur noutbuk gibrid noutbuklar qatoriga kiradi. Konstruksiyasi sabab undan alohida planshet sifatida ham foydalanish mumkin, shuningdek, unga klaviatura ulab displeyini 360 darajagacha ochish mumkin.

«Toughbook»  o‘ziga o‘rnatilgan akkumulyator yordamida 8,5 soatdan 17 soatgacha avtonom holda ishlay oladi. «Windows 7»  amaliy tizimida ishlaydigan model 8 yoki 16 gigabayt tezkor xotira va 256 gigabaytdan 1 terabaytgacha ichki xotiraga ega bo‘la oladi.

Qurilmaning o‘lchamlari 271,8x233,7x33 millimetrni tashkil etadi, og‘irligi esa 1,8 kilogrammga teng. Professionallar uchun mo‘ljallangan noutbukning narxi kamida 3100 dollar bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring