Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij meri 2020-yilga qadar shaharda bepul jamoat transportini yo‘lga qo‘yishga va’da berdi

Parij meri 2020-yilga qadar shaharda bepul jamoat transportini yo‘lga qo‘yishga va’da berdi

Foto: «AFR»

Sayyohlar e’tiborini ko‘p jalb etuvchi maftunkor Parijning meri Ann Idalgo xonim 2020-yilga qadar Fransiya poytaxti aholisi va mehmonlari uchun bepul jamoat transportini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganmoqchi.

«Echo» gazetasiga bergan intervyusida Idalgo 2018-yil yoziga qadar butun aglomeratsiyaga mo‘ljallangan mazkur rejaning iqtisodiy jihatlarini o‘rganish va muhokama qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Bu masala yuzasidan yakuniy qaror navbatdagi munitsipal saylov o‘tkaziladigan 2020-yilda qabul qilinadi.

«Bepul transport masalasi avtomobillarning havoni ifloslashidan ko‘p zarar ko‘radigan shahar uchun asosiy masaladir», — degan Idalgo.

Shuningdek, shahar meriyasi bugun, 20-mart kuni 220 ming nafar keksalar uchun bepul chiptalarni joriy etish masalasini ko‘rib chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring