Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parij suriyalik muxolifatchi Munir Darvish o‘limi yuzasidan izoh talab qilmoqda

Parij suriyalik muxolifatchi Munir Darvish o‘limi yuzasidan izoh talab qilmoqda

Foto: www.europe1

O‘z uyi yonida mashinada urib yuborilgan Suriya muxolifatining yirik namoyondasi, 80 yoshli yozuvchi Munir Darvish kasalxonada vafot etgan. Uni urib yuborgan mashina esa voqea joyidan qochib ketgan.

Fransiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,  13-yanvar kuni vafot etgan yozuvchi va siyosiy arbobning o‘limi yuzasidan shaffof surishtiruv olib borish so‘ralgan.

Suriya masalasi bo‘yicha BMT komissari Stefan de Mistura ham ushbu xabardan «juda qattiq ta’sirlangani va qayg‘uga tushgani»ni bayon qilib, jinoyatchini zudlik bilan topib jazoga tortishni so‘radi.

Marhum adib Munir Darvish Suriya muxolifatining asoschilaridan biri hisoblanadi. U Qohira shahrida Suriya hukumatiga muxolif guruh tashkil qilgan. Hukumat esa ushbu guruhni «tolerant» sifatida qabul qilgan. Suriya muxolifatiga tegishli bo‘lgan Suriya muzokaralar qo‘mitasi Darvishning o‘limini qotillik deya baholagan va bunga hukumatni javobgar sifatida ko‘rmoqda.

Avtohalokatdan so‘ng Darvish kasalxonada tovonidan operatsiyani boshidan kechirgan hamda sog‘lig‘i yaxshi holatda ekanligi va shanba kuni kasalxonadan chiqishi mumkinligi aytilgan edi. Ammo, tunda uning o‘lgani haqida xabar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring