Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parijda uch kishini garovga olgan kimsa ushlandi

Parijda uch kishini garovga olgan kimsa ushlandi

Fransiya poytaxti Parij shahrida uch kishini garovga olgan kimsa ushlandi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

«France Info» nashri ma’lumotlariga ko‘ra Parij shahrida reklama agentligi binosiga kirgan shubhali kimsa uch kishini garovga olgan. Garovga olinganlardan biri qochib ketgan.

«BFMTV» telekanali uch kishini garovga olgan kimsaning aqli joyida emasligini ma’lum qildi.

Politsiya xodimlari garovga olinganlarni qutqargan, shubhali shaxsni esa hibsga olgan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerard Kollomb politsiya xodimlariga rahmat aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring