Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta punktlarining binolari bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi

Paxta punktlarining binolari bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi

Foto: «Stanradar.com»

Paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlari bino va inshootlari 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Ushbu me’yor paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori bilan belgilandi.

Ushbu qarorga ko‘ra, 13 ta paxta tozalash korxonasi va 68 ta paxta tayyorlash punkti bino va inshootlari (uskunalaridan tashqari) paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan holda, ishlab chiqarishni 2 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida modernizatsiyalash, investitsiyalar kiritish sharti bilan baholash qiymatida sotiladi.

Shuningdek, paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarining ishlab turgan uskunalari va boshqa asosiy vositalari modernizatsiyalash amalga oshiriladigan davrgacha mulk va yer solig‘i hamda amortizatsiya ajratmalarini hisobga olgan holda, davlat mulki uchun belgilangan eng kam stavkalar bo‘yicha ijaraga beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring