Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paxtakor» yarim himoyachisi Isroil klubiga ijaraga berildi

«Paxtakor» yarim himoyachisi Isroil klubiga ijaraga berildi

Foto: «Paxtakor» FK rasmiy sayti

«Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Gidi Kanyuk faoliyatini Tel-Avivning «Makkabi» jamoasida ijara asosida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Isroil chempionatida 2-o‘rinni egallab turgan «Makkabi» Tel-Aviv Gidi Kanyukni yarim yilga ijaraga oldi. Kelishuvga ko‘ra, keyinchalik ushbu klub futbolchini xarid qilish huquqiga ega bo‘ladi.

«Paxtakor» tarkibida 14 uchrashuv o‘tkazgan Gidi 1 gol muallifiga aylanib, 7 bor golli to‘p oshirishlarni amalga oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring