Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pekin-Parij yo‘nalishida uchayotgan samolyot bortida portlash sodir bo‘ldi

Pekin-Parij yo‘nalishida uchayotgan samolyot bortida portlash sodir bo‘ldi

Pekindan Parijga uchayotgan Boeing777 samolyoti bortida portlash yuz berdi. Bu haqda REN TV telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Air France aviakompaniyasiga tegishli. Voqeadan keyin samolyot parvozga ko‘tarilgan aeroportiga qaytgan.

Ta’kidlanishicha, hech kim jabrlanmagan. The Beijing Daily gazetasining yozishicha, portlash ovozi salonning orqa qismida paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng, salonda qora tutun tarqagan.

Aviakompaniya hozircha hodisa haqida hech qanday izoh bermagan, faqat yo‘lovchilar tez orada Parijga yetkazilishini ma’lum qilgan.

Voqea sabablari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring