Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin maktabiga pichoqli hujum uyushtirildi

Pekin maktabiga pichoqli hujum uyushtirildi

Foto: «Reuters»

Pekin (Xitoy)ning Sichen tumanida erkak kishi boshlang‘ich maktabga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida kamida 20 nafar bola jarohatlandi. Jinoyatchi politsiya tomonidan hibsga olingani xabar qilingan.

«Reuters» axborot agentligi xabar berishicha, uch nafar o‘quvchi bolaning jarohati og‘ir. Barcha jarohatlangan bolalalar shifoxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Nega bu jinoyatga qo‘l urilgani haqida hozircha xabar berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring