Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagonga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Pentagonga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Foto: «Pixabay»

Charlz Sammers AQSh mudofaa vazirligi (Petagon)ning matbuot kotibi etib tayinlandi.

— Mudofaa vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi iste’dodli jamoasining rahbari sifatida kunni ajoyib o‘tkazdim, — deb yozdi Sammers «Twitter»dagi sahifasida.

Sammers bungacha avvalgi matbuot kotibi Dana Uaytning o‘rinbosari edi.

Uayt xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblanib, ishdan olingandi. Ma’lum bo‘lishicha, u qo‘l ostidagilardan yugurdak sifatida foydangan. Xodimlari do‘konma-do‘kon yurib boshliqning shaxsiy buyurtmasini bajarishgan, uning kiyimlarini kimyoviy tozalashga olib borishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring