Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Peruda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi

Peruda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi

Peru shimolida 8 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati yakshanba, 26-may kuni xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, xalqaro vaqt bilan soat 07:41 da (Toshkent vaqti bilan soat 12:41 da)da kuchli yer osti silkinishlari qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i 115 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilmoqda. Epitsentr Lagunas tumanidan 80 km. janubi-sharqda, 44,3 ming kishi yashovchi Moyobamba shahridan taxminan 190 km. sharqda joylashgani ma’lum qilindi.

Sunami va boshqa tabiiy ofatlar xavfi e’lon qilinmadi. Vayronagarchilik va qurbon bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot olinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring