Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Plastik kartalardan pul o‘marib kelgan sirdaryolik xaker qo‘lga olindi

Plastik kartalardan pul o‘marib kelgan sirdaryolik xaker qo‘lga olindi

Foto: «iStock»

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va mobil dasturlar orqali o‘zgalarning plastik kartalaridagi mablag‘larni o‘zlashtirib olgan kiberfiribgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markaziga tayanib, «Spot» xabar berdi.

«Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali plastik kartalardan pul o‘g‘irlanayotgani haqida xabar berilgandi. Ko‘plab jabrlanuvchilarning murojaatidan so‘ng kiberjinoyatchilikni aniqlash borasida tergov boshlandi va ko‘p o‘tmay firibgarlar qo‘lga olindi», — deyiladi xabarda.

Sirdaryo viloyatida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi virus dasturni yaratib, uni «Google Play»ga joylashtirgan.

Mazkur dasturni ko‘chirib olgan foydalanuvchilar dasturni ochganida ulardan 10 ming so‘m talab qilingan, aks holda telefonini bloklab qo‘yish orqali tahdid qilingan. Pul to‘langach, foydalanuvchiga shubhali raqamdan xabar kelgan.

«Bu firibgar uchun jabrlanuvchining telefoni va «Telegram» akkauntiga kira olishi uchun yetarli bo‘lgan. U click-bot orqali pullarni yechib olgan. Kiberjinoyatchini va uning hamtovoqlarini aniqlab, qo‘lga olishga erishildi», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Kompaniya fuqarolarning shaxsiy plastik kartalarini ishlatishda tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rish lozimligini eslatadi: kartani xavfsiz joyda saqlash, PIN-kodni uchinchi shaxsga oshkor qilmaslik, plastik karta tasviri tushirilgan suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmaslik so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring