Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokistonda jazirama oqibatida 65 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda jazirama oqibatida 65 kishi halok bo‘ldi

Foto:«The Asian Age»

Pokistonning janubidagi Karachi shahrida uch kundan buyon davom etayotgan jazirama oqibatida 65 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy hokimiyatning xavotir olishicha, qurbonlar soni o‘sishi ham mumkin. Bu haqida «Euronews» xabar berdi.

O‘tgan haftada Karachida harorat 44 darajagacha chiqqan. 2015 yilda shaharda yuqori havo harorati tufayli 1000 kishi vafot etgan edi. Ekspertlarning fikricha, o‘limning asosiy sababi ichimlik suvining yetishmasligidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring