Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Pokistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Pokiston shimolida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Buning natijasida 19 ga yaqin kishi, jumladan bir nafar bola halok bo‘lgan va 300 dan ortiq odam jarohatlangan. Bo‘lib o‘tgan voqea tafsilotlari haqida «Reuters» nashri Pokiston tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy markaziga tayanib xabar bermoqda.

«Eng katta zarar Jelum va Minpur o‘rtasidagi hududlarda kuzatilgan», — deydi Pokiston tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy markazi rahbari general-leytenat Muhammad Afzal.

Eslatib o‘tamiz, Jelum poytaxtdan 120 km janubi sharqda, Minpur esa Kashmir mintaqasining rasmiy Islomobod tomonidan boshqariladigan qismida joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring