Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiyachi xitoylik ayolga 36 yil oldin yo‘qolgan egizagini topishga yordam berdi

Politsiyachi xitoylik ayolga 36 yil oldin yo‘qolgan egizagini topishga yordam berdi

Egizak opa-singillar birinchi marta uchrashishdi. Endi ular birgalikda o‘zlarining ota-onasini topishmoqchi.

Foto: «Thepaper.cn»

Xitoyning Chjeszyan viloyatidagi Xenchjou shahrida bir politsiya xodimi ayolga 36 yil davomida ko‘rmagan egizagini topishiga yordam berdi. Bu haqda «South China Morning Post» nashriga asoslanib «Lenta.ru» xabar bermoqda.

Avtobus bekati xizmatchisi Van Xuey politsiyachiga egizak singlisi borligi to‘g‘risida aytib beradi. Ota-onasi qashshoqlik tufayli qizlarni 16 kunligida boshqa oilalarga farzandlikka berib yuboradi. Bir necha oy oldin yo‘lovchilardan biri Xueyga Xenchjouda unga juda o‘xshash bir ayolni ko‘rganini aytadi. Shundan keyin u singlisini topish haqida o‘ylay boshlaydi.

Politsiyachi yordam berishga qaror qildi. Pasport ma’lumotlari bazasida Xuey bilan bir kunda tug‘ilgan 280 nafardan ortiq xenchjouliklar bor edi. U barcha suratlarni birma-bir ko‘zdan kechirdi, ularning orasidan eng o‘xshashini topdi va unga murojaat qildi. Ayol haqiqatan ham yo‘qolgan egizagi borligini, ammo u to‘g‘risida hech narsa bilmasligini tasdiqladi.

Ertasi kuni egizak opa-singillar birinchi marta uchrashishdi. Endi ular birgalikda o‘zlarining biologik ota-onasini topishmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring