Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Portugaliya ichki ishlar vazirining mashinasi urib yuborgan ishchi olamdan o‘tdi

Portugaliya ichki ishlar vazirining mashinasi urib yuborgan ishchi olamdan o‘tdi

Foto: «Vesti»

Portugaliya sharqidagi Evora shahri yaqinidagi A6 trassasida mamlakat ichki ishlar vazirining mashinasi odam urib ketdi. Hodisa 18-iyun kuni yuz bergan.

Mahalliy OAVga ko‘ra, IIV rahbari Eduardo Kabrita xizmat mashinasida Portalegredan xizmat safaridan qaytayotgan bo‘lgan.

Yo‘lni ta’mirlayotgan 43 yoshli erkak transport vositasi urib ketishi oqibatida olingan jarohatlardan vafot etgan.

Noxush voqeaga doir barcha tafsilotlar o‘rganilmoqda, tergov boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring