Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Postlarning likvidatsiyasi davom etmoqda: navbat Guliston va Samarqandga yetdi

Postlarning likvidatsiyasi davom etmoqda: navbat Guliston va Samarqandga yetdi

Yo‘l-patrul xizmati maskani

Foto: «Sputnik»

Portalimiz o‘quvchilarining ma’lum qilishicha, «Toshkent — Dushanbe» M34 trassasidagi Guliston shahriga kiraverishdagi yo‘l-patrul xizmati maskani (posti) olib tashlangan. Bir vaqtning o‘zida Samarqand shahriga kirishdagi «Shtab» maskani, Oqdaryo va Ishtixon tumanlari chegarasidagi «Loyish» maskani, Pastdarg‘om tumaniga kirishdagi «Charxin» maskani va Narpay tumanidagi «Mirbozor» yo‘l-patrul maskanlari ham likvidatsiya qilingan.

Bungacha Andijon, Buxoro, hamda Farg‘ona viloyatlaridan bir qancha yo‘l-patrul xizmati maskanini olib tashlangani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 22-dekabr kuni parlamentga murojaatnomasida viloyatlardagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish lozimligini aytgan edi. Shundan so‘ng Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida respublika hududidagi 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlangani haqida ma’lum qilgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring