Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Po‘stlog‘i bilan yeyiladigan banan yetishtirildi

Po‘stlog‘i bilan yeyiladigan banan yetishtirildi

Yaponiyada po‘stlog‘i bilan yeyiladigan banan yetishtirildi.

Foto: «Moya-planeta»

Yapon kompaniyasi yetishtirib sotuvga chiqargan, po‘stlog‘i ham yeyiladigan bananga «mongi» (yapon tilida «juda zo‘r», «qoyilmaqom» degan ma’nolarni anglatadi) deb nom berildi.

Banan daraxtlari «D&T Farm Tetsuya Tanaka» firmasi tomonidan yetishtirilmoqda. Ekstremal muzlatish (–60 °S gacha) va eritish texnologiyasi qo‘llanilishi natijasida o‘simliklar o‘ta tez o‘smoqda, mevalari ham shunga yarasha: po‘stlog‘i yupqa — «salat bargi»ni eslatadi.

Ishlab chiqaruvchilar banan po‘chog‘ining foydaliligiga alohida urg‘u berishmoqda — tarkibida B6 vitamini, magniy, triptofan bor. Shirin mazasini esa ananasnikiga o‘xshatishyapti.

Endi kamchiligi: bunaqa bananlarni yetishtirish o‘ta qimmat. Bir donasining o‘rtacha narxi —  $5,75. Mongi sotuvchi yagona do‘kon hozircha haftasiga bor-yo‘g‘i o‘n donasini olyapti. Hatto bu mevalarni chet elga eksport qilish haqida ham o‘ylab qo‘yishgan, ammo hozircha bu orzu, deya xabar beradi «New York Post».

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring