Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident 182 nafar mahbusni afv etdi

Prezident 182 nafar mahbusni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami arafasida 182 ta mahbusni afv etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda u bayram tabrigida aytib o‘tdi.

«Bu yil 4 mingdan ortiq shaxs sud zalidan ozod qilinib, 8 mingga yaqin fuqaroga nisbatan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgani, 859 nafar shaxs oqlangani sud-tergov sohasidagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir.

Xalqimizga xos kechirimlilik, bag‘rikenglik va olijanoblik tamoyillariga amal qilgan holda, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga nisbatan afv instituti muntazam qo‘llanmoqda. Shu boradagi ishlarimizning davomi sifatida Konstitutsiya kuni arafasida yana bir farmonga imzo chekdim. Unga ko‘ra, shu toifaga mansub 182 nafar shaxs muddatidan oldin ozod qilinib, erkin hayotga qaytarilmoqda», deyiladi tabrikda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring