Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Angor tumanidagi chiqindilardan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan zavod bilan tanishdi

Prezident Angor tumanidagi chiqindilardan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan zavod bilan tanishdi

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Bugun mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif davomida Prezident Angor  tumanidagi “Bio texno eko” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Zavod Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridan chiqindilarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bir yilda 182 ming tonnadan ortiq chiqindini qayta ishlash orqali bu yerda polietilen quvurlar, shishadan mozaika va plitkalar, yog‘ochdan yoqilg‘i briketlari, qog‘oz chiqindisidan karton va qog‘ozlar, oziq-ovqat chiqindisidan biogaz hamda biogumus ishlab chiqariladi. Korxona joriy oy oxirida ish boshlashi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda 150 kishi ishga qabul qilingan. Zavod to‘liq ishlagach yana 250 kishi ish bilan ta’minlanadi. 

Shu yerning o‘zida gidroenergiteka, transport, ko‘mir sanoati va boshqa sohalarni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanish loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring