Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident aytganidek, 14 yanvar haqiqiy xalqona bayram bo‘lmoqda (video)

Shu kunlarda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan nafaqat poytaxtimiz, balki barcha viloyatlarda hamyurtlarimiz ajoyib tadbirlarning guvohi bo‘lishmoqda — ko‘chalarimiz bo‘ylab harbiylarimiz, ichki ishlar xodimlari paradlar uyushtirmoqdalar.

Xuddi shunday parad tahririyatimiz yonginasida bo‘lib o‘tdi va biz tabiiyki, bu tadbirni suratga olishga oshiqdik. Ichki ishlar vazirligining Qorovul qo‘shinlari namunali ko‘rgazmali harbiy orkestrining norg‘ul yigitlaridan iborat orkestrning vatanparvarlik ruhidagi marshi hammada qiziqish o‘yg‘otdi. Ko‘cha kuydagi yo‘lovchilar, ularni o‘z telefonlarida suratga oldilar, avtomobillar to‘xtab, haydovchilar harbiylarimizga qo‘l silkib qoldilar.

Bunday tadbirlar biz uchun ancha unut bo‘lib qolgandi. Lekin ularning ahamiyatini bugun yana bir bor anglab yetdik — vatanparvarlik ruhi har birimizda bor, lekin uni muntazam kuchaytirib borish zarur. Chiroyli harbiy kiyimda shahdam qadam tashlab, ko‘chalarimizni to‘ldirib o‘tayotgan qorovul qo‘shinlarimizni ko‘rganda bunday tuyg‘ular jo‘sh urgani tabiiy.

Oldinroq saytimizda Prezident Mirziyoyev 14-yanvarni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlashga topshiriq bergani haqida xabar e’lon qilgan edik.

Bayram muborak!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring