Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident bir guruh jurnalistlarni taqdirladi

Prezident bir guruh jurnalistlarni taqdirladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh jurnalistlar va blogerlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlagan.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

Maksudov Muxammadjon - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori

Matyakubova Nazira Toxtabayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qoraqalpog‘iston tongi» gazetasi bosh muharriri

Toshev Farmon Isxakovich - Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Xudaykulov Muxtar - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori

Sheraliyev Raxmatilla - Toshkent viloyati «Chirchiq tongi» gazetasi bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Abasxanov Rixsiboy Abdilazizovich - «Yog‘du» nashriyoti bosh muharriri

Amirova Shaxnoz Xatamovna (Shahnoza G‘aniyeva) - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali loyiha boshlovchisi

Eshonkulov Nazar Saliyevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbektelefilm» davlat muassasasi direktori o‘rinbosari – bosh muharriri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Djurayeva Ranoxon Gafurovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

Ivanova Anna Vitalevna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

Karimova Xatichaxon - Farg‘ona viloyati «Oydin» gazetasi bosh muharriri

Malikov Erkin - «Hilol» nashriyoti muharriri

Tursunova Mavjuda Xafizovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

Shodiyev Maxamadjon Maxmudjonovich - «Ovozi tojik» gazetasi bo‘lim muharriri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullayeva Tatyana Samugovna - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining ofset bosma sexi musahhihi

Ayxodjayeva Aziza Sadenovna - «Nurli jol» gazetasining qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot bo‘limi mudiri

Alimov Chori - Qiziriq tumani «Taraqqiyot» gazetasi bosh muharriri, Surxondaryo viloyati

Jumaniyazova Xalima Taganovna - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahri «Makonim» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari

Karimova Shaxzoda G‘opporovna - Baliqchi tumani «G‘alaba» gazetasi bosh muharriri, Andijon viloyati

Li Sergey Alekseyevich - «Narodnoye slovo» gazetasining iqtisodiyot bo‘limi muharriri

Magdiyev Baxodir Kabul-Kariyevich - «Oriat» teleradiokompaniyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining «Oriat Dono» radiosi boshlovchisi

Marsenyak Valentina Viktorovna - «Ishonch-Doveriye» gazetasi mas’ul kotibi

Mirzaaxmedov Murabas - «Milliy» telekanalining «Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi» ko‘rsatuvi boshlovchisi

Samatov Faxriddin Umirkulovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» telekanali «Assalom, O‘zbekiston!» studiyasi mas’ul kotibi

Safarov Mamadamin Abdug‘apparovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari

Xaydarova Dilbarxon - Namangan viloyati «Murabbiy» gazetasi bosh muharriri

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni

Seydanova Lala Almuratovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Qoraqalpog‘iston» telekanali ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bosh muharriri

Xamidova Muxabbat Maxmudovna - «Gulxan» jurnali bosh muharriri o‘rinbosari

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Karimov Zaxid Baxrimuratovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» teleradiokanali» davlat muassasasi direktori

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Aliqulova Gulchexra Timurovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyat guruhi bosh muharriri

Mamadaminov Almurat Mamatkulovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining fotoaxborot tahririyati fotomuxbiri

Raxmanberdiyev Javdat Karimberdiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati Media-markazi bosh mutaxassisi

Saidov Komiljon Saipdjanovich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi boshlig‘i

Xodjaaxmedov Sunnat Abdullayevich - «O‘zbekiston nashriyoti» davlat unitar korxonasi muharrirlar bo‘limi boshlig‘i

Xojiyev Farxod Jumabayevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali guruh bosh muharriri

Sharasulov Shamaxmut Shakarimovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» teleradiokanali» davlat muassasasi rejissyori

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Boxodirov Sarvarbek Sanjarbek o‘g‘li - «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» dasturi boshlovchisi

Ubaydullayev Xikmatilla Shuxratilla o‘g‘li - Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari

«Shuhrat» medali bilan

Adilov Ulug‘bek Shaxarbayevich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Allayev Firuz Abdunasimovich - Toshkent shahridagi «Asaxiy books» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Asrorov Ulug‘bek Xolboyevich - «Yangi O‘zbekiston» gazetasi tahririyatining ijtimoiy-siyosiy hayot va huquq bo‘limi mudiri

Bobodo‘stov Fayzulla Murodovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyat guruhi bosh muharriri

Buriyeva Xulkar Turakulovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali suxandonlar guruhi suxandoni

Igamberdiyeva Farida Burikulovna - «Darakchi.uz» internet ommaviy axborot vositasi bosh muharriri

Islomov Nizomjon Ilhom o‘g‘li - «Aniq.uz» veb-sayti muharriri

Kurbanov Shuxratbek Ravshanbekovich - «Kurbanoff.net» blogi administratori

Musayeva Nargiza Abdullayevna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Bo‘ka tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Toshkent viloyati

Nugmanov Bekzod Alimovich - Toshkent shahridagi «Media News» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari

Pulatov Abrorjon Masutovich - «Avtoradio» radiostansiyasi ta’sischisi

Turdibayev Olimjon Aripdjanovich - «UzReport» mas’uliyati cheklangan jamiyatining «UzReport TV» telekanali bosh muharriri

Xudaykulova Zilola Raxmatovna - Buxoro viloyati «Istiqlol-TV» teleradikompaniyasi bosh muharriri

Shadrin Konstantin Mixaylovich - Toshkent shahridagi «Kolorpak» mas’uliyati cheklangan jamiyati dizayneri

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring