Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident elektr energetikasiga oid qonunni imzoladi

Prezident elektr energetikasiga oid qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident tomonidan «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-939-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.

Qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiradi:

  • Vazirlar Mahkamasi;
  • Energetika vazirligi;
  • Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;
  • Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.

Vazirlar Mahkamasi elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Energetika vazirligi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:

  • elektr energiyasi bozori operatori;
  • ishlab chiqaruvchi;
  • elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;
  • uzatish tizimi operatori;
  • markaziy xarid qiluvchi;
  • treyder;
  • taqsimlash tizimi operatori;
  • ta’minotchi;
  • iste’molchi.

Tariflar va to‘lovlarni belgilash uslubiyati hamda uning asosida tartibga solinadigan tariflar va to‘lovlar Energetika bozori regulyatori tomonidan belgilanadi.

Qabul qilingan tariflar va to‘lovlar kuchga kirishidan kamida 15 besh kun oldin e’lon qilinadi. Hech qanday tarif yoki to‘lov orqaga qaytish kuchiga ega emas.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring