Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident geodeziya va kartografiya bo‘yicha qonunni imzoladi

Prezident geodeziya va kartografiya bo‘yicha qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda tegishli davlat organlarining sohadagi vakolatlari belgilandi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, geodeziya va kartografiyaga oid ishlar umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) turlarga ajratiladi.

Shuningdek, Qonun bilan sohaga oid ishlarni bajarishga doir asosiy talablar belgilandi.

Geodeziya va kartografiya faoliyati yoki sohaga oid ishlarning ayrim turlarini litsenziyalash Hukumat tomonidan belgilanadi.

Litsenziya yuridik shaxslarga amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan ishlarni bajarish natijasida olingan materiallar ekspertiza qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring