Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etib qaytdi

Prezident jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etib qaytdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14-iyun kuni Moskvaga tashrif buyurdi.

Prezident matbuot xazmatining xabar berishicha, davlatimiz rahbari ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev «Lujniki» olimpiya kompleksida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Mazmunli g‘oyaviy yechim, noyob texnik imkoniyatlar asosida tayyorlangan tantanali tadbir tomoshabinlarga katta zavq bag‘ishladi. Mashhur estrada yulduzlari jo‘rligida jahon chempionatining rasmiy qo‘shig‘i ijro etildi. Butun dunyodan kelgan muxlislar futbol olamining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etayotgan mamlakatlar jamoalarini qutladi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonlar qatorida Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qildi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan samimiy muloqotlar o‘tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Toshkentga qaytib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring