Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident jazo o‘tayotgan 136 nafar shaxsni afv etdi

Prezident jazo o‘tayotgan 136 nafar shaxsni afv etdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan 136 nafar shaxsni afv etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida aytib o‘tdi.

«Ulug‘ bayram – Konstitutsiya kuni munosabati bilan bugun maxsus farmonni imzoladim. Unga ko‘ra, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan va ayni paytda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan 136 nafar shaxs afv etildi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Infografika: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

Shuningdek, 2018-yilda 1 ming 881 ta jinoyat ishi dalillar yetarli bo‘lmagani sababli tugatilgan, sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlangan. Bu raqam 2016-yilda 28 tani, 2017-yilda esa 263 tani tashkil etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring