Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident maslahatchisi bir necha yillik muammoni bir necha soatda hal qildi

Prezident maslahatchisi bir necha yillik muammoni bir necha soatda hal qildi

Foto: «Sputnik»

Aholi talabi bilan Urganchda yangi shirkat ochildi va o‘sha kunning o‘zida hisob raqami ishga tushdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Xabarda aytilishicha, davlat maslahatchisi Xorazm viloyatida aholi muammolariga yechim topyapti. Masalan, Urganch shahridagi «Yoshlik» mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashayotgan aholi bilan suhbatlashgan Qahramon Quronboyev ularning muammolariga quloq tutgan.

— Biz uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan yetarli darajada qoniqish hosil qilmayapmiz. Muammolarimiz keragidan ham ko‘p, — deyigan suhbat davomida aholi.

Qahramon Quronboyev hududda yangi shirkatga ehtiyoj borligini sezib, unga aholi ichidan nomzod berishlarini so‘radi. Shirkatning hisob raqami shu kunning o‘zidayoq rasmiylashtirildi.

«Aholi xursand. Eng asosiysi, ularning talabi soatlar ichida qondirildi!», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring