Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maslahatchisi Navoiydagi maktablarga kitob sovg‘a qildi

Prezident maslahatchisi Navoiydagi maktablarga kitob sovg‘a qildi

Joylarda «Book challenge» loyihasi davom etmoqda. 

Joriy yilning 19 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, san’at va sport sohalaridagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. Ushbu tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Yurtboshimiz xayrli tashabbusni ilgari surib, rahbarlarni maktab kutubxonasiga kitob sovg‘a qilishga chorlagan edi. Mazkur tashabbusni mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan rahbarlar qo‘llab-quvvatlab, o‘quv dargohlariga kitoblar sovg‘a qila boshladi.

Bugun Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va Navoiy viloyati rahbarlari tomonidan Nurota tumanidagi 57-umumta’lim maktabi hamda 50 dona turli nomdagi badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdilar. Ushbu tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Prezidentimiz tomonidan har bir rahbar o‘zi o‘qigan maktabiga 10 donadan kitob olib berishlari tashabbusi ilgari surildi.

Bugun Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyotiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga Toshkent va Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan bir guruh mehmonlar tomonidan 50 dona turli nomdagi badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring