Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Mirziyoyev marg‘ilonlik tikuvchi ayollar bilan uchrashdi

Prezident Mirziyoyev marg‘ilonlik tikuvchi ayollar bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilon shahridagi «Narimteks» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, tikuvchi ayollar bilan muloqotda bo‘ldi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

«Xotin-qizlarimizning hayotga munosib bo‘lishida kiyinish madaniyatining o‘rni katta. Libosi o‘ziga yoqsa, yarashsa, ayol kishining kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Bunday chiroyli va bejirim, milliy mentalitetimizga mos kiyimlar kiygan xotin-qizlarning dunyoqarashi ham keng bo‘ladi. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun hamma sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz. Chunki ayollarni rozi qilish davlatimizning eng katta siyosati», dedi Shavkat Mirziyoyev.

2008-yilda tashkil etilgan mazkur korxona ayollar kiyim-kechaklarini tikishga ixtisoslashgan. 2012-2015 yillarda Xitoy bilan hamkorlikda ishlab chiqarish jarayoni modernizatsiya qilingan. Zamonaviy bichish-to‘qish, bezak berish hamda tikuv mashinalari keltirib o‘rnatilgan.

Bugungi kunda bu yerda ko‘ylak, kostyum, kamzul, palto, kurtka kabi 20 turdan ortiq mahsulotning 1000 ga yaqin modeli ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy fasonlarga monand tayyorlangan bu liboslar yurtimiz xotin-qizlariga ma’qul bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, o‘tgan yili korxonada 632 ming AQSh dollarilik mahsulot eksport qilingan. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkichni 801 ming dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimiz Germaniya texnologiyasi asosida dasturlashtirilgan dekorator uskunasining ahamiyati haqida to‘xtaldi. Kiyimlarning dizayni va ranglariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

«Xorijdan texnologiya olib kelishimiz mumkin. Lekin uni ishlatish mutaxassisga bog‘liq. Shuni yaxshi tushuninglarki, kechagi bilim bilan bugungi va ertangi zamonni qurolmaymiz. Shuning uchun hamisha o‘qish, o‘rganish, dizayner va ishchilarning malakasini doimiy oshirib borish zarur», dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring