Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moldova prezidenti korteji yuk mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

Moldova prezidenti korteji yuk mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

Moldova prezidenti mashinasi

Foto: «Gazeta.ru»

Bugun, 9 sentyabr kuni Moldova prezidenti Igor Dodon YTHga uchradi. Uning kortejidagi ikkita avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida mashinalardan biri ag‘darilib ketgan, prezident va uning o‘g‘li kichik lat yeyishlar bilan kifoyalangan.

Hodisa Kishinyov yaqinidagi trassada ro‘y bergan. Qush boquvchi fabrika yuk avtomobili oldidagi mashinalarni quvib o‘tish uchun yo‘lning to‘g‘rima-to‘g‘ri qatoriga chiqqan va o‘z qatoriga qaytishga ulgurmay Moldova prezidentining kortejiga urilgan.

Mahalliy OAVning yozishicha, avariyada prezidentning onasi qattiq jarohatlangan.

Prezident maslahatchisi Maksim Lebedinskiy o‘zining «Facebook»dagi sahifasida davlat rahbarining ahvoli yaxshi ekanini, unga tibbiy yordam kerak bo‘lmaganini yozgan.

Keyinroq prezidentning o‘zi ham chiqish qilib ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

Avvalroq Abxaziya bosh vaziri Gennadiy Gaguliya Guduat tumanida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lgani haqda xabar qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring