Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident muhim qonunni imzoladi

Prezident muhim qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra:

Vazirlar Mahkamasi mas’ul davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, seysmik xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qiladi.

Seysmik xavfsizlikni ta’minlash ob’yektlari ahamiyatiga ko‘ra 4 ta toifaga bo‘linmoqda:

xavflilik omili past (I toifa, vaqtincha pavilonlar, kioskalar, omborlar v.b.);

o‘rta (II, yakka tartibdagi uy-joylar (3 qavatgacha), oromgohlar, umumiy ovqatlanish v.b.);

yuqori (III, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar, o‘rta va ko‘p qavatli (3 va undan yuqori) uylar hamda mehmonxonalar, ta’lim muassasalari v.b.);

o‘ta yuqori (IV, suv omborlari to‘g‘onlari, GESlar, mudofaa ob’yektlari, radiaktiv moddalarni saqlash, tozalash va ko‘mish ob’yektlari v.b.);

Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo‘yicha tekshiruv va monitoringni o‘tkazishning quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:

II–IV toifa ob’yektlari har besh yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha vizual tekshiruvdan o‘tkaziladi;

III–IV toifa ob’yektlari har o‘n yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi;

suv omborlari to‘g‘onlari va gidroelektr stansiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi;

har bir kuchli zilziladan so‘ng (5,0 magnitudali) suv omborlari to‘g‘onlarida zudlik bilan instrumental texnik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Kuchli zilzilalar natijasida zarar ko‘rgan ob’yektlarni tiklash Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Fuqarolarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring