Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident o‘ziga xos investitsiya haqida gapirdi

Prezident o‘ziga xos investitsiya haqida gapirdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-yanvar kuni investitsiya sohasiga bag‘ishlangan videoselektorda xorijiy davlatlarning yetakchi universitetlari filiallarini ochish oliy ta’lim sohasiga kiritilgan yaxshi investitsiya ekanini, bilimli, zamonaviy mutaxassislar mamlakatga katta manfaat keltirishini ta’kidladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda 91 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud, shundan 11 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va filiallaridir. Ayni vaqtda yurtimizda Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Singapur, Italiya kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi qaroriga muvofiq ularning safiga Toshkent shahrida tashkil etiladigan yangi Hindistonning Amiti universiteti ham qo‘shildi. Ushbu universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari tayyorlanadi, ular dasturiy ta’minot ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida tahsil olishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring