Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan bu yilgi «Zulfiya»chilar e’lon qilindi

Prezident qarori bilan bu yilgi «Zulfiya»chilar e’lon qilindi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7-mart kuni «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti ajratadi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Djullibayeva Shahodat Kuralbay qizi — Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Utemuratova Nargiza Aliyevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus madaniyat va san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi

Axmedova Dilrabo Obid qizi — Andijon davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Obidjonova E’zoza Akmaljon qizi — Andijon viloyati Marhamat qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 1-bosqich o‘quvchisi

Baxshilloyeva Gulchiroy Baxtiyor qizi — Buxoro san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi

Bozorova Safiya Safar qizi — Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Abdullayeva Visola Ubaydulla qizi — Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi

Shokirova Aziza Ilhom qizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi

Neymatova Yulduz Qosim qizi — Qashqadaryo viloyati Kitob iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Choriyeva Malika Shuxratovna — Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi

A’zamova Munisa Akram qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Mannonova Mahliyo Hafiz qizi — Navoiy viloyati Uchquduq tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiyi

Yoqubjonova Shaxnoza To‘lqinjon qizi — Namangan san’at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Sayfiddinova Mushtariybegim Faxriddin qizi - Namangan davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Samatboyeva Maftuna Tulqinjon qizi — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi

Yaxshiliqova Ra’no Ilhomiddin qizi — Samarqand viloyati Qo‘shrabot qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Isoqova Gulchiroy O‘ktam qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Mamirova Madinabonu Erkin qizi — Sirdaryo viloyati Guliston san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi

Sahiyeva Matluba Toshpulat qizi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati Kengashi qoshidagi «Salomatlik va ekologiya» markazi rahbari

Shaymardanova Muxlisa Usmanovna — Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi

Karimova Muxtasar Dilshod-qizi — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Umirzakova Iroda Abdigapbar qizi — Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Djorayeva Sevara Muratjanovna — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 10-sinf o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati)

Ermatova Zulayxo Rustamjon-qizi — Farg‘ona politexnika institutining 2-bosqich talabasi

Abdikarimova Zuxra Baxromovna — Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Yusupova Shoxida Umidjon qizi — Xorazm viloyati Yangibozor pedagogika va sport kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Abdullayeva Inoyatxon Bunyot qizi — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 3-bosqich o‘quvchisi

Abdusattorova Baxora Fazliddinovna — O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring