Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qarori e’lon qilindi

Prezident qarori e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-6155-son farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Davlat budjetining shakllanishi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining:

2021-yil may oyidan boshlab ilovaga muvofiq tuman (shahar)larda, 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli budjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartibni bosqichma-bosqich joriy etish;

2021-yil 1-iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish haqidagi takliflari ma’qullandi.

  1. Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur qaror ilovasiga muvofiq tanlab olingan tuman (shahar)lar budjetlariga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 92,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlaydi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring