Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: import qilinadigan tovarlar uchun yangi imtiyozlar

Prezident qarori: import qilinadigan tovarlar uchun yangi imtiyozlar

Foto: «Knews.kg»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 24-mart kuni «Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va «O‘zstandart» agentligining O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartiboti bekor qilinmoqda.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari ega hisoblanadi.

Inspeksiya organlarining xizmatlari, shu jumladan, yuk ortishdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlari uchun haq to‘lash ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda ochilgan hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori va narxlarining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda ro‘yxatdan o‘tgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring