Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: O‘zbekistonda «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi

Prezident qarori: O‘zbekistonda «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi

Foto: «Flytothesky.ru»

O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.

Qarorga muvofiq:

  • Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ qilib belgilandi;
  • kripto-aktivlar sohasida mayning, smart-kontraktlar, «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi;
  • «blokcheyn» texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi kripto-aktivlar aylanmasi va ulardan olingan daromadlar soliqqa solish ob’yektlari bo‘lib hisoblanmaydi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring