Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident sportchilar bilan uchrashdi

Prezident sportchilar bilan uchrashdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi yangi suv sporti majmuasi bilan tanishdi.

«Vatanparvarlar» bog‘i yonida qad rostlagan ushbu inshoot o‘ziga xos memoriy yechimga ega. Tashqi ko‘rinishi parvoz qilayotgan qushni eslatadi. Uning bir qanotida o‘g‘il bolalar, ikkinchi qanotida qizlar uchun alohida suzish havzalari bunyod etilgan. Bu yerdagi zamonaviy sharoitlar ota-onalarning, yoshlarning suv sportiga qiziqishini oshiradi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Yuvinish, ovqatlanish, tibbiyot va fitnes xonalarida barcha qulayliklar yaratilgan.

Prezidentimiz bu yerda shug‘ullanayotgan sportchi va murabbiylar bilan suhbatlashib, ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring