Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident topshirig‘i: «Obod maktab» loyihasi ishlab chiqiladi

Prezident topshirig‘i: «Obod maktab» loyihasi ishlab chiqiladi

Foto: «Marifat.uz»

Bugun, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Yig‘ilishda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etdi.

Unda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va uning o‘rinbosarlari qatnashdi. Bosh vazirning topshirig‘iga ko‘ra, malakali kadrlarni maktablarga jalb etish bo‘yicha alohida qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

— Bundan tashqari, «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturlari kabi «Obod maktab» loyihasi ishlab chiqiladi. Bu Prezidentimizning topshirig‘i, men sizlarga yetkazyapman xolos, — dedi Bosh vazir Abdulla Aripov.

Bizni kuzatishda davom eting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring