Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yana bir yangi qonunga imzo chekdi

Prezident yana bir yangi qonunga imzo chekdi

Kadr: «YouTube»

«O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunning maqsadi – integratsiyalashgan tadbirkorlik hamjamiyatini shakllantirish va tadbirkorlarning davlat organlari bilan samarali hamkorligini ta’minlashdir.

Qonunda Palataning vazifalari va funksiyalari, Palataning davlat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi, tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarda Palataning ishtiroki, Palata faoliyatini tashkil etish, Palataning xalqaro hamkorligi, nizolarni hal qilish mexanizmi nazarda tutilgan.

Qonunga muvofiq, palataga a’zolik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun ixtiyoriy, boshqa tadbirkorlar uchun esa majburiydir.

Palataga a’zolik tadbirkor va Palata o‘rtasida shartnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.

Palata a’zolari Palata ustavida hamda a’zolik to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.

Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring