Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentlik poygasida shoumen yetakchi, Poroshenko — uchlikda

Prezidentlik poygasida shoumen yetakchi, Poroshenko — uchlikda

Foto: «Life.ru»

Shu yilning 31-mart kuni Ukrainada prezident saylovlari o‘tkaziladi. Hozirda ushbu lavozimga qirqqa yaqin nomzod da’vorgarlik qilmoqda. 

Amaldagi rahbar Pyotr Poroshenkoning imkoniyati qanday?

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev «Komsomolskaya pravda»ga aytishicha:  «U (Poroshenko) faqat ovozlarni soxtalashtirish orqaligina qayta «saylanishi» mumkin. Boshqa yo‘l yo‘q. Chunki mamlakatni iqtisodiy va siyosiy inqirozga olib kelgan rahbarga ovoz beradiganlar soni juda oz».

Oxirgi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, nomzodlar orasida shoumen Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda. Undan keyin sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko bormoqda. Pyotr Poroshenko esa hozircha uchinchi o‘rinni band etib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring