Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning yangi kitobi nashrdan chiqdi

Prezidentning yangi kitobi nashrdan chiqdi

«O‘zbekiston» nashriyotida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi» nomli yangi asari nashrdan chiqqan.

O‘zAning yozishicha, bu kitob Prezident asarlarining 3-jildi hisoblanib, kitob 3 bo‘limdan iboratdir.

Asarning birinchi bo‘limiga mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlangan nutq va ma’ruzalar kiritilgan.

Kitobning ikkinchi bo‘limidan esa xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar, uchinchi bo‘limdan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabriklar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring