Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Profession de fua-2». IIB xodimi «o‘z vaqtida ishini eplab qo‘ygani» aytildi

«Profession de fua-2». IIB xodimi «o‘z vaqtida ishini eplab qo‘ygani» aytildi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha saytimizda «Jomboy tongi» gazetasining telegramdagi kanaliga asoslanib, «Profession de fua». IIB xodimi o‘n kunda eplolmagan ishni shifokor o‘n daqiqada uddaladi» sarlavhali xabar berilgan edi. Jomboy tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ushbu xabarga munosabat bildirildi.

— Kecha «Jomboy tongi» gazetasi telegram kanalida e’lon qilingan «IIBning o‘n kunlik «og‘ir» vazifasini shifokor o‘n daqiqada uddaladi!» sarlavhali maqolani o‘qidik. Xabarda keltirilgan ma’lumotlarga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Haqiqatan ham joriy yilning 20 mart kuni taxminan soat 20:30 larda Jomboy tuman Qoramo‘yin MFY hududidan o‘tuvchi «M-39» «Olma Ota-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 1064 kilometrida avtohalokat sodir bo‘lgan. Haydovchi X.A. «Lasetti» rusumli avtomashinasi bilan yo‘lning qatnov qismidan o‘tib ketayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda turli darajadagi tan jarohatlari bilan Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Berilgan ma’lumotnomaga asosan, uning tanasida qo‘shma jarohat, YoKST, bosh miya lati, pastki jag‘ning sinishi, chap umrov suyagining yopiq sinishi kabi jarohatlar mavjudligi ko‘rsatilgan.

Voqea joyiga Jomboy tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, katta leytenant E. Shamsiyev, tuman IIB EKG eksperti G‘. Do‘stov, tuman IIB xodimlari A. Bozorov va M. Husenov chiqqan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ayol jinsiga mansub noma’lum shaxs Urgut tumani Pochvon qishlog‘ida yashovchi M.S. ekanligi aniqlangan.

M.S. muloqotga kirisha olmayotgani sababli bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan M.S.ning katta onasiga tegishli bo‘lgan telefon raqamiga 25 mart kuni xabar berilgan.

Hozirgi vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Vohid MUXTAROV,
tuman IIB tergov bo‘limi boshlig‘i, mayor

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring