Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Yaponiya Adliya sobiq vaziri uyini tintuv qildi

Prokuratura Yaponiya Adliya sobiq vaziri uyini tintuv qildi

Foto: «AP Photo»

Xirosima prokuraturasi Yaponiya Adliya sobiq vaziri Katsuyuki Kavai va uning turmush o‘rtog‘i, parlament deputati Anrining uyini tintuv qildi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Bunga Anri Kavai o‘tgan yil iyul oyida saylov kampaniyasi paytida o‘zining saylovchilar shtabi a’zolariga belgilangan miqdordan ko‘p pul mukofoti berganligi sabab bo‘lgan. Gap aynan 13 nafar a’zoga kuniga 30 ming iyen (taxminan 250 dollar)dan berganligi haqida bormoqda. Aslida esa ko‘pi bilan 15 ming iyen (taxminan 120 dollar) berilishi mumkinligi qonunda belgilab qo‘yilgan. Mojaro o‘tgan yil oxirida adliya vaziri lavozimidan iste’foga chiqishga sabab bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring